Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 413
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 316
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“TA’LIMDA EMOTSIONAL INTELLEKT QUDRATI” MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING

14:49, 22.08.2025      

Farg‘ona davlat universitetida bolalar va pedagoglarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazilmoqda. Tadbir xalqaro hamkorlik doirasida tashkil etilib, zamonaviy ta’limda emotsional intellektning ahamiyatini chuqur yoritib berishga qaratilgan.

Seminar-treningni Rossiya Federatsiyasining “Вклад в будущее” xayriya fondi yetakchi metodisti, psixolog va emotsional intellektni rivojlantirish bo‘yicha tajribali trener Richka Nina Evgenyevna olib bormoqda.

Treningning asosiy yo‘nalishlari:

bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish;

pedagoglarda emotsional intellekt ko‘nikmalarini shakllantirish;

sinf jamoasida sog‘lom psixologik muhit yaratish usullari;

ta’lim jarayonida empatiya, o‘zini tuta bilish va ijobiy muloqotning o‘rni.

Seminar davomida ishtirokchilar nazariy bilimlar bilan bir qatorda interfaol mashg‘ulotlar, amaliy topshiriqlar va muhokamalar orqali emotsional intellektni rivojlantirishning samarali metodikalarini o‘zlashtirmoqdalar.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, emotsional intellekt nafaqat o‘qituvchi shaxsiy samaradorligini oshiradi, balki bolalarda o‘zaro hurmat, o‘zini anglash, stressni boshqarish va sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishga yordam beradi.

Xalqaro tajriba – milliy ta’limga yangicha yondashuv

Mazkur seminar Farg‘ona davlat universiteti ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.