Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 414
  • Ko`rib chiqilganlar 380
    • Takliflar 56
    • Arizalar 317
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

MILLIYLIK – MA’NAVIYATIMIZNING BEBAHO TAYANCHI

09:08, 23.08.2025      

Farg‘ona davlat universitetining Pedagogika-psixologiya va sanatshunoslik fakultetida yurtimiz maʼnaviy hayotida muhim ahamiyatga ega tadbir – “Milliy va manaviy qadriyatlar” mavzusida koʼrgazma tashkil etildi.

Koʼrgazmada xalqimiz asrlar davomida asrab-avaylab kelayotgan boy madaniy merosi, urf-odatlari va anʼanalari hamda qadimiy sanʼat namunalari oʼziga xos tarzda namoyish etildi. Milliy kiyimlar, amaliy sanʼat asarlari, badiiy hunarmandchilik namunasi boʼlgan eksponatlar barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uygʼotdi.

Koʼrgazma nafaqat milliy urf-odatlarimizni targʼib etish, balki yosh avlod ongida Vatanga muhabbat, milliy iftixor va maʼnaviy barkamollik tuygʼularini shakllantirishga ham xizmat qiladi. Ushbu tadbir orqali talabalar xalqimiz maʼnaviy boyliklari bilan yanada yaqindan tanishish, ularni hurmat qilish va kelajak avlodga yetkazishning ahamiyatini chuqur angladilar.

Tadbir davomida maʼnaviyat va maʼrifat yoʼnalishida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, milliy qadriyatlarni taʼlim-tarbiya jarayoniga integratsiya qilish boʼyicha amaliy tavsiyalar ham muhokama etildi.

Universitetda tashkil etilgan “Milliy va manaviy qadriyatlar” koʼrgazmasi milliy oʼzligimizni anglash, madaniy merosimizni targʼib qilish va uning asrlar davomida asrab-avaylab kelinayotgan anʼanalarini yoshlar qalbiga singdirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar talaba-yoshlarda milliy gʼururni mustahkamlaydi, ularni ona Vatan ravnaqi uchun masʼuliyatli shaxslar etib tarbiyalaydi.