Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 420
  • Ko`rib chiqilganlar 387
    • Takliflar 56
    • Arizalar 323
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

BIZNING TALABALAR O’ZBEKISTON KUBOGI SOVRINDORI!

10:35, 25.08.2025      

Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag’ishlangan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun”shiori ostida yurtimiz bo’ylab bir qator ma’naviy-ma’rifiy hamda sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

Xususan, Jizzax shahrida sportning taekvondo (WT yoʼnalishi) boʼyicha kattalar oʼrtasida Oʼzbekiston kubogi bellashuvlari boʼlib oʼtdi.

Mamlakatimiz boʼylab sportning mazkur yoʼnalishidagi eng iqtidorli va mahoratli sportchilar yigʼilgan ushbu nufuzli musobaqa yosh sportchilar uchun katta tajriba maktabi va oʼz iqtidorlarini namoyon etish maydoni boʼldi.

Mazkur musobaqada Fargʼona davlat universiteti vakillari universitetimiz sharafini munosib himoya qildilar.

Sport faoliyati fakulteti 1-bosqich talabalari:

  • -Quromjonova Ziyoda — 57 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mahorat bilan magʼlub etib, 1-o’rin, Oʼzbekiston kubogi gʼolibasi boʼldi;
  • - Rayimova Mashhurxon — 49 kg vazn toifasida, 3-o’rin, Oʼzbekiston kubogi sovrindori sohibasi bo’ldi.

Bu gʼalabalar oliygohda taxsil olayotgan talabalar uchun katta motivatsiya boʼlib, yoshlarimiz sport sohasida peshqadamlardan ekanliklarini yana bir bor namoyon etdilar.

Ishonamizki, ularning bugungi zafarlari ertangi kunning katta sport maydonlarida ham yuksak gʼalabalarga zamin yaratadi.