Farg‘ona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetida tashkil etilgan muzeyda “Kelajak soati” loyihasi doirasidagi darslar izchil davom etmoqda. Mazkur darslar orqali talabalarga zamonaviy bilimlar, hayotiy ko‘nikmalar va milliy qadriyatlar uyg‘un tarzda yetkazilmoqda.
“Kelajak soati” loyihasi — O‘zbekiston ta’lim tizimida milliy tarbiya modelining joriy etilishi yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Bu jarayon oliy ta’lim muassasalari faoliyatida yangi yondashuvlarni talab qilmoqda. Endilikda pedagoglar faqatgina bilim beruvchi emas, balki shaxs tarbiyalovchi, jamiyat oldidagi mas’uliyatli yetakchi sifatida ham faoliyat yuritmoqda.
Fakultet muzeyida tashkil etilgan mazkur mashg‘ulotlar yoshlar qalbida tarixiy xotira, milliy g‘urur va mas’uliyat hissini shakllantirishda muhim o‘rin tutmoqda. Bu esa mamlakatimizda ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘zaro uyg‘unlikda, uzluksiz va tizimli ravishda olib borilayotgan islohotlarning amaliy samarasidir.