Psixologik trening - bu faqat mashgʻulot emas , balki oʻzini kashf etishga chorlovchi jarayon. Unda inson oʻz his-tuygʻularini anglaydi, maqsadlarini aniqroq belgilaydi va dunyoqarashini kengaytiradi. Oliygohda talaba-yoshlar o’rtasida o’tkazib kelinayotgan psixologik treninglarning asosiy maqsadi ham shunga qaratilgan.
Talabalikka yangi qabul qilingan yoshlar o’rtasida universitet psixologi Fotimaxon Abdullayeva tomonidan "1- bosqich maktabi" loyihasi doirasida bir qator mashgʻulotlar o’tkazib kelinmoqda. Bu esa talabalar uchun nafaqat yangi bilim, ruhiy tetiklik, qat’iyatlik,oʻzini koʻrsata olish, erkin fikrlash va motivatsiya manbayi boʻlmoqda.
Mashg’ulotlar Tarix hamda Filologiya fakultetlarining 1-bosqich talabalari tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar psixologik xizmat faoliyati bilan tanishtirildi. Shuningdek, ochiq havoda “Men baxtli talabaman” va “Mening maqsadlarim” mavzularida psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Shuningdek, trening davomida universitet xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi M.Kamolova, profilaktika inspektori Sh.Ulug’xo’djayevalar ham ishtirok etib, talabalarga “Odob-axloq” kodeksi, ichki tartib-qoidalar, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish, 1-kurs talabalariga moslashuv jarayonida zarur psixologik tushuntirish ishlari olib borildi.
Mazkur mashgʻulotlar yoshlarimizning kelajakda nutqiy faolligini oshirish, mustaqil fikrlash va o’zini jamiyatdagi o’rniga ega bo’lishga o’rgatishga xizmat qiladi. Zero, bugungi yoshlar - ertangi jamiyatimizning poydevori, ularning barkamoligi esa kelajagimiz mustahkamliging poydevori.