Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 443
  • Ko`rib chiqilganlar 410
    • Takliflar 57
    • Arizalar 344
    • Shikoyatlar 42
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

UCH AVLOD UCHRASHUVI – TAJRIBA, MA’NAVIYAT VA ISTIQBOL UYG’UNLIGI

12:21, 11.09.2025      

“Uch avlod uchrashuvi” nafaqat samimiy muloqot maydoni, balki ilmiy meros va ma’naviy qadriyatlar izchilligining yorqin ko’rinishidir.

Oliygohning Tabiiy fanlar fakultetida tashkillangan “Uch avlod uchrashuvi” ham yuksak ma’naviy ruhda bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda fakultetni 1971-yilda tamomlagan Biologiya-Kimyo yo‘nalishining faxriy bitiruvchilari, o‘rta avlod vakillari hamda talabalar-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ustoz va murabbiylar o‘z hayotiy tajribalarini, talabalik yillarida kechgan unutilmas lahzalarni eslab, yoshlar bilan samimiy suhbatlashdilar. Ularning har bir xotirasi ilmga muhabbat, vatanga sadoqat va mehnatga intilish ruhida yangradi. Bu esa yosh avlod uchun katta saboq va bebaho meros bo‘ldi.

Talabalar o‘z navbatida zamonaviy g‘oyalari, orzu-intilishlari va hayotiy maqsadlari bilan bo‘lishib, bugungi davr yoshlari ovozini ifoda etdilar. Ularning tashabbuskorligi va izlanuvchanligi ustozlarda g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi.

Mazkur uchrashuv universitet hayotida alohida ahamiyat kasb etib, yoshlarga tajriba va donishmandlik manbai, ustozlarga esa yillar mehnatining samarasini ko‘rish baxtini tuhfa etdi.

Tadbir ishtirokchilarida chuqur taassurot qoldirib, avlodlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik va hamkorlikning naqadar muhim ekanini yana bir bor tasdiqladi.