Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 443
  • Ko`rib chiqilganlar 410
    • Takliflar 57
    • Arizalar 344
    • Shikoyatlar 42
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“SHAHRISTON QUBBOSI” ARXEOLOGIK YODGORLIGI: TARIX VA KELAJAK CHORRAHASIDA

12:39, 11.09.2025      


Farg‘ona davlat universiteti rahbariyati Quva tumanida joylashgan, tarixiy ahamiyati nihoyatda ulkan bo‘lgan “Shahriston Qubbosi” arxeologik yodgorligida bo‘lib qaytdi. Ushbu tashrif ilm-fan, madaniyat va turizm sohalarining uzviy hamkorligida olib borilayotgan keng qamrovli ishlarga yana bir bor e’tibor qaratdi.

Tashrif davomida universitet olimlari hamda Farg‘ona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda olib borilayotgan ilmiy-amaliy faoliyatlar taqdim etildi. Xususan, qadimiy shahriston hududida amalga oshirilgan arxeologik izlanishlar, yodgorlikni saqlash va uni “Ochiq osmon ostidagi muzey”ga aylantirish borasida erishilgan natijalar bilan tanishildi. Ushbu tashabbus nafaqat tarixiy merosni asrab-avaylash, balki yoshlar uchun ilmiy-amaliy tajriba maktabi yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Tashrif chog‘ida Xitoy Xalq Respublikasining ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda olib borilayotgan ilmiy loyihalar, arxeologik qazishma ishlari ham muhokama qilindi. Quva shahristoni bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar, topilmalar hamda ularning jahon ilm-fanidagi o‘rni xususida fikr almashildi. Kelgusida bu hamkorlik yanada kengaytirilib, qo‘shma ekspeditsiyalar, arxeologik tadqiqotlar va ilmiy nashrlar rejalashtirilmoqda.

“Shahriston Qubbosi” — O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosidan biri bo‘lib, u o‘zida qadimiy sivilizatsiya izlarini mujassam etadi. Mazkur tashrif ushbu obidaning nafaqat arxeologik ahamiyatini, balki uni madaniy turizm markaziga aylantirish istiqbollarini ham ochib berdi.

Farg‘ona davlat universiteti rahbariyatining tashrifi tarixiy merosni asrab-avaylash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.