Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 443
  • Ko`rib chiqilganlar 410
    • Takliflar 57
    • Arizalar 344
    • Shikoyatlar 42
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

BUGUNNING FIDOIY TALABALARI – ERTANGI YETAKCHILAR

14:33, 12.09.2025      

O‘zbekiston yoshlarining ta’lim olish, o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish va jamiyatda munosib o‘rin egallashiga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Ayniqsa, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlar uchun joriy etilgan qo‘llab-quvvatlash dasturlari bugungi kunda ko‘plab iqtidorli va faol o‘quvchilarga qanot bag‘ishlamoqda.

Shu jumladan, Farg‘ona davlat universitetiga 2025-yilgi o‘quv yili uchun qabul jarayonlarida Dilso‘z No‘monova ham davlat granti asosida talabalikka tavsiya qilindi. U O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy o‘quv yurtlariga kirishda imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi qarori asosida Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishida o‘qishni boshlaydi.

Dilso‘z No‘monova yoshlikdan ijtimoiy hayotda faol bo‘lib, turli tadbirlarda tashabbuskorligi, tengdoshlariga o‘rnak bo‘ladigan intilishlari bilan ajralib turgan. Aynan mana shu sa’y-harakatlari unga nafaqat bilim olish, balki davlat granti asosida o‘qish imkoniyatini ham taqdim etdi. Uning yoshlar ittifoqidagi faolligi ta’lim sohasida muvaffaqiyat qozonishiga mustahkam zamin yaratdi.

Farg‘ona davlat universitetida yangi o‘quv yilining tantanali ochilish marosimida universitet rektori Bahodir Shermuhammadov barcha talabalarni samimiy qutlab, ayniqsa, Dilso‘z kabi fidoyi va faol yoshlarning jamiyatdagi o‘rni naqadar muhim ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Yoshlar faolligi – bu ertangi kunimizga bo‘lgan ishonch. Dilso‘z singari tashabbuskor talabalar boshqalarga ham ijobiy ruh bag‘ishlaydi.”

Tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat kengashi raisi Alisher Anvarov ham so‘zga chiqib, Dilso‘zning muvaffaqiyati barcha yoshlar uchun namunali hodisa ekanini aytib o‘tdi. Shuningdek, tashkilot tomonidan faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning orzu-maqsadlarini ro‘yobga chiqarishda bundan buyon ham keng imkoniyatlar yaratilishi alohida ta’kidlandi.

Bugungi kunda O‘zbekiston yoshlarining orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, ularni yangi marralarga chorlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Dilso‘z kabi yoshlar esa bu ezgu siyosatning amaliy samarasini o‘z hayoti misolida yaqqol namoyon etmoqda.