Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 443
  • Ko`rib chiqilganlar 410
    • Takliflar 57
    • Arizalar 344
    • Shikoyatlar 42
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

OLIYGOH XOTIN – QIZLAR KENGASHINING 1-SONLI YIG’ILISHI

14:48, 12.09.2025      


Farg‘ona davlat universitetida xotin – qizlar kengashining 1-sonli yig’ilash bo’lib o’tdi.Oliygohrektor Bahodir Shermuhammadov boshchiligida o’tkazilgan mazkur yig’ilishda universitet rahbariyati, jamoatchilik kengashi a’zolari, fakultet dekanlari, “Xotin-qizlar maslahat kengashi” vakillari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda bugungi kunda ta’lim muassasalarida dolzarb hisoblangan bir qator masalalar keng muhokama qilindi. Jumladan:

  • - Xodim va talabalar orasida vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, ularni yurt taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan yashashga undash;
  • - “Ustoz-shogird” an’anasini yanada rivojlantirish orqali yosh mutaxassislarni tayyorlash tizimini kuchaytirish;
  • - Universitetda odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish, sog‘lom ijtimoiy muhitni ta’minlash va akademik halollik tamoyillarini mustahkamlash.

Shu bilan birga, Xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Ularning tashabbuslari, amalga oshirilayotgan ishlar, dolzarb muammolar va ularning yechimlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Kengash a’zolari bilan kelgusidagi istiqbolli rejalar ishlab chiqilib, tegishli choralar belgilandi.

Rektor Bahodir Shermuhammadov o‘z nutqida universitetda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ilmiy va ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish borasida tizimli ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berilib, kelgusi faoliyat uchun aniq maqsadlar belgilandi.

Mazkur yig‘ilish Farg‘ona davlat universitetida ta’lim sifati bilan bir qatorda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasida ham muhim qadamlardan biri bo‘ldi.