Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 443
  • Ko`rib chiqilganlar 410
    • Takliflar 57
    • Arizalar 344
    • Shikoyatlar 42
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

MILLIYLIGIMIZ – O’ZLIGIMIZ TIMSOLI

16:36, 12.09.2025      

Milliylik – bu shunchaki urf-odatlar, kiyim-kechak yoki an’ana emas. Bu – xalqning o‘ziga xosligi, uning tarixi, madaniyati, ma’naviyati, hayot falsafasi va butun mavjudligini ifoda etuvchi bebaho boylikdir.

Aynan milliylik orqali bir millat boshqasidan ajralib turadi, o‘ziga xos qiyofasini saqlab qoladi. Shu bois, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, uni kelajak avlodga to‘g‘ri yetkazish har bir ongli fuqaroning, ayniqsa, yoshlar tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan ta’lim muassasalari va ustozlarning muqaddas burchidir.

Milliylik – bu:

Ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan urf-odatlarimiz, marosim va rasm-rusumlarimiz;

Xalq og‘zaki ijodi, maqollar, matallar, dostonlar va kuy-qo‘shiqlarimiz;

Milliy liboslar, milliy taomlar, hunarmandchilik san’ati;

Har bir hududga xos tilda, muomala madaniyatida, hatto mehmondo‘stlikda aks etuvchi qadriyatlar tizimi.

Bugungi globallashuv davrida o‘zlikni yo‘qotmaslik, madaniy ildizlarga sodiq qolish har qachongidan ham muhim. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda, “Milliyligimiz_faxrimiz” tashabbusi yoshlar o‘rtasida milliy ong va g‘ururni shakllantirish, ularda o‘z xalqining tarixi va madaniyatiga nisbatan hurmat tuyg‘usini kuchaytirishda muhim qadam bo‘ldi.

Ushbu tashabbus doirasida oliygohda turli tadbirlar o‘tkazildi:

- Milliy liboslar tanlovi;

- Milliy taomlar ko‘rgazmalari;

- “Ona tili va xalq og‘zaki ijodi” bo‘yicha insho, referat va ijodiy ishlar tanlovi;

- Hududiy urf-odatlar va an’analar aks ettirilgan video roliklar namoyishi;

- “Milliylik – mening faxrim” mavzusida davra suhbatlari va seminarlar.

Tadbirlar davomida talabalar o‘z hududlariga xos urf-odatlar, liboslar va qadriyatlar bilan tanishtirib, o‘z milliy meroslariga bo‘lgan mehr va g‘ururni amalda namoyon etishdi. Bu esa yoshlarning o‘zlikni anglashiga, o‘z madaniyatiga bo‘lgan hurmatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Milliylik – bu o‘tmishimizga sadoqat, bugunimizga g‘urur, ertamizga ishonchdir. Uni asrab-avaylash, yoshlar qalbiga singdirish har birimizning ma’naviy burchimizdir. Farg‘ona davlat universitetida tashkil etilgan “Milliyligimiz faxrimiz” tashabbusi nafaqat g‘oya sifatida, balki amaliy natijalari bilan yoshlar qalbida chuqur iz qoldirdi.