Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 445
  • Ko`rib chiqilganlar 411
    • Takliflar 57
    • Arizalar 346
    • Shikoyatlar 42
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

AKADEMIK BILAN UCHRASHUV

12:07, 16.09.2025      

Farg‘ona davlat universitetiga yurtimizning atoqli davlat va jamiyat arbobi, akademik, yuridik fanlar doktori, professor Akmal Saidov tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida u Tarix fakultetining Yurisprudentsiya ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvda professor Akmal Saidov davlat va huquq nazariyasining amaliyot bilan uzviy bog‘liqligi, huquqiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va ta’siri haqida atroflicha so‘z yuritdi. Ayniqsa, yuridik bilimlarning zamonaviy talablarga javob berishi va yosh mutaxassislarning sohaga ongli yondashuvi muhimligi alohida ta’kidlandi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va akademik tomonidan ushbu savollarga asosli, hayotiy misollar bilan javoblar berildi. Muloqot samimiy ruhda, interaktiv tarzda o‘tdi.

Bu kabi uchrashuvlar talabalarning huquqiy tafakkurini yanada mustahkamlash, sohaga doir bilimlarini amaliy jihatdan boyitish, shuningdek, milliy qonunchilik asoslarini chuqurroq anglashlariga xizmat qilmoqda.