Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“TIL BILIMDONI” KO’RIK TANLOVI

14:44, 25.10.2025      

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi hamda 21-oktyabr — “O‘zbek tili bayrami” munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida “Til bilimdoni” respublika tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur nufuzli tanlovning asosiy maqsadi — yoshlarning ona tilimizga hurmat va muhabbatini oshirish, til boyligimizni chuqur o‘rganishga undash, shuningdek, davlat tilining nufuzini yuksaltirishdir.

Tanlovda Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 22 nafar iqtidorli talaba o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi. Ishtirokchilar o‘zbek tili grammatikasi, imlo, so‘z boyligi hamda nutq madaniyatiga oid test savollariga javob berishdi.

Tanlov natijalari quyidagicha bo‘ldi:

1-o‘rin — Xolmatjonova Komila Baxtiyor qizi,

Farg‘ona davlat universiteti, Filologiya fakulteti, O‘zga tilli guruhlar uchun rus tili yo‘nalishi, 4-bosqich talabasi.

2-o‘rin — Tursunoy Nigoraxon Jahongir qizi,

Farg‘ona davlat universiteti, Filologiya fakulteti, O‘zbek tili yo‘nalishi, 4-bosqich talabasi.

3-o‘rin — Po‘latova Mohichehra Azizjon qizi,

Farg‘ona davlat universiteti, Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti, Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi, 2-bosqich talabasi.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan ushbu talabalar “Til bilimdoni” tanlovining respublika bosqichida Farg‘ona viloyati sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdilar.