


O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Faol yoshlar jamoatchilik kengashi hisobot yig‘ilishi”da Farg‘ona davlat universiteti viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari orasida eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega oliygoh deb e’tirof etildi.
Bu yuksak natija — FarDU talabalari va yoshlar yetakchilari tomonidan olib borilayotgan faol jamoatchilik ishlari, tashabbuskorlik, ijtimoiy loyihalarda ishtirok hamda yoshlar siyosatini amalga oshirishdagi faol hamkorlikning amaliy samarasidir.
Tadbir davomida yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy masalalarda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan faoliyat natijalari muhokama qilindi.
Farg‘ona davlat universiteti talabalari o‘zlarining fidoyiligi, tashkilotchiligi va jamoaviy birdamligi bilan ajralib turib, nafaqat o‘quv jarayonida, balki turli ijtimoiy, siyosiy va madaniy tadbirlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda.
Ushbu yutuq universitet jamoasi uchun katta faxr va mas’uliyat bo‘lib, kelgusida ham yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.