
Jismoniy madaniyat fakulteti dekani, fidoyi pedagog va ilm yo‘lida izlanayotgan olim Ubaydullayev Rahimjon Murodilovich 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Dissertatsiya “Bo‘lajak o‘qituvchilarda sog‘lom turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda zamonaviy ta’lim jarayonida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari chuqur tahlil etilgan. Tadqiqotda o‘qituvchi shaxsida sog‘lom hayot tamoyillarini qaror toptirish, bu orqali yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashga xizmat qiluvchi samarali metodik yondashuvlar ishlab chiqilgan.
Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/27.09.2024.Ped.05.07 raqamli ilmiy kengashda o‘tkazilgan himoya jarayonida Rahimjon Murodilovichning ishi yuqori baholandi va 100 foiz ovoz bilan ma’qullandi. Bu natija nafaqat ilmiy izlanishlar samarasi, balki Ubaydullayev Rahimjonning ko‘p yillik mehnati, mas’uliyatli rahbarligi va yosh avlod tarbiyasiga bo‘lgan sadoqatining yorqin ifodasidir.