Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

OTA – ONALAR HAMKORLIGI – TALABALAR MUVOFFAQIYATINING KALITI

10:50, 27.10.2025      

Ingliz tili va adabiyoti fakultetida 1-bosqich talabalari ota-onalari ishtirokida “Ota-onalar forumi” o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi — ta’lim jarayonida ota-onalar, talaba va fakultet o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro muloqot muhitini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Forum davomida, ota-onalarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 2-dekabrdagi 451- va 452-sonli buyruqlari mazmuni, universitetning “Ichki tartib-qoidalari” hamda “Odob-axloq kodeksi” yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Ushbu hujjatlar talabalarning ta’lim jarayonidagi mas’uliyatini, axloqiy me’yorlarga rioya etish zarurligini yoritib berdi.

Shuningdek, ota-onalar universitetning zamonaviy shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishtirildi. Ular fakultet binolari, Axborot-resurs markazi, sport majmuasi hamda talabalar turar joyi (TTJ) faoliyatini ko‘zdan kechirishdi. Tashrif chog‘ida ota-onalar farzandlari tahsil olayotgan muhit, yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlardan mamnunlik bildirishdi.

Tadbir yakunida ota-onalar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi, fakultet rahbariyati bilan samimiy muloqotda bo‘lishdi. Ushbu forum nafaqat tanishtiruv, balki o‘zaro ishonch va hamkorlikni yanada mustahkamlovchi muhim bosqich bo‘ldi.

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti jamoasi bunday uchrashuvlar orqali ota-onalarni ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish, yoshlarning barkamol shaxs sifatida kamol topishida ularning rolini yanada kuchaytirishga intilmoqda.