
Farg‘ona shahar maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun seminar-trening
Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi v.b. professori Feruzaxon O‘rinova boshchiligida 2-bosqich magistrantlar tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari uchun amaliy seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbir davomida:
— yangi avlod bolalari bilan ishlashning samarali 5 ta innovatsion texnologiyasi tanishtirildi;
— maktabgacha ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va ijodiy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha tajribalar almashildi;
— bolalarning intellektual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi metodik ishlanmalar amalda ko‘rsatib berildi.

