Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 485
  • Ko`rib chiqilganlar 451
    • Takliflar 60
    • Arizalar 376
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARGʻONA DAVLAT UNIVERSITETIDA SIYOSIY-MA'RIFAT SOATLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA

14:35, 31.01.2026      


Farg‘ona davlat universitetida professor-o‘qituvchilarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ularning mamlakatda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqidagi xabardorligini kuchaytirish maqsadida siyosiy-ma’rifat soatlari muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda. Ushbu mashg‘ulotlar ta’lim muassasasida sog‘lom ijtimoiy-siyosiy muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xususan, so‘nggi haftalarda Agrar qo‘shma fakulteti, Tabiiy fanlar fakulteti hamda Jismoniy madaniyat fakultetida o‘tkazilgan siyosiy-ma’rifat soatlari yuqori saviyada, mazmunli muhokamalar asosida tashkil etildi. Unda professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etib, dolzarb mavzular yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.


Tadbirlar davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, ta’lim va ilm-fan sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangiliklar, shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Jumladan, oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, ilmiy salohiyatni oshirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda akademik erkinliklarni kengaytirish masalalari alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, so‘nggi haftalarda davlat siyosatida muhim ahamiyat kasb etayotgan yo‘nalishlar — yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, mahallalarda ijtimoiy muhitni yaxshilash, korrupsiyaga qarshi kurash va ochiq-oshkoralikni ta’minlash masalalari yuzasidan ham tushuntirishlar berildi. Bu borada qabul qilinayotgan qaror va tashabbuslarning mazmun-mohiyati professor-o‘qituvchilarga yetkazildi.

Siyosiy-ma’rifat soatlari ochiq muloqot ruhida o‘tib, ishtirokchilarni bevosita jamiyat hayotida faol bo‘lishga, yoshlar ongida vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyatini yanada kuchaytirishga undashi bilan ahamiyatli bo‘ldi.