Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 485
  • Ko`rib chiqilganlar 451
    • Takliflar 60
    • Arizalar 376
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​SAMARQANDDA O'ZBEKISTON - XITOY SIVILIZATSIYALARARO HAMKORLIGIGA BAGʻISHLANGAN XALQARO SIMPOZIUM BO'LIB O'TDI

14:45, 31.01.2026      

Samarqand shahrida “O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida sivilizatsiyalararo hamkorlik” mavzusida nufuzli xalqaro simpozium tashkil etildi. Mazkur ilmiy anjuman Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi prezidenti Gao Syaning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida o‘tkazildi hamda tarixiy va madaniy merosi bilan mashhur Samarqand shahridagi Silk Road Samarkand majmuasining “Silk Road by Minyoun” mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.

Simpoziumda O‘zbekiston va Xitoyning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy ta’lim tashkilotlari hamda akademik doira vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p asrlik tarixiy aloqalar, Buyuk Ipak yo‘li merosi, shuningdek, zamonaviy ilm-fan doirasida sivilizatsiyalararo muloqotni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirning muhim natijalaridan biri sifatida O‘zbekiston va Xitoy ilmiy muassasalari o‘rtasida arxeologiya sohasidagi hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi. Ushbu hujjat kelgusida qo‘shma ilmiy ekspeditsiyalar, tadqiqotlar, akademik almashinuvlar va ilmiy nashrlar tayyorlash uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Simpozium doirasida o‘zbek va xitoy olimlarining dolzarb ilmiy ma’ruzalari tinglandi. Jumladan, Farg‘ona davlat universiteti Tarix fakulteti, O‘zbekiston–Xitoy arxeologiya qo‘shma kafedrasi professori M. Isamiddinov “O‘zbekiston–Xitoy arxeologik hamkorligining ilmiy ahamiyati va istiqbollari” mavzusida ma’ruza qilib, ikki mamlakat olimlarining hamkorlikdagi tadqiqotlari mintaqa tarixini chuqurroq o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. U arxeologiya sohasidagi qo‘shma loyihalar nafaqat ilmiy bilimlarni boyitishi, balki madaniy yaqinlikni mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdi.

Mazkur xalqaro simpozium O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, sivilizatsiyalararo muloqotni kuchaytirish hamda tarixiy merosni birgalikda o‘rganish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholandi.