Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 485
  • Ko`rib chiqilganlar 451
    • Takliflar 60
    • Arizalar 376
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA PROFILAKTIK TADBIR

10:23, 02.02.2026      

Farg‘ona davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, giyohvandlikka qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan profilaktik tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlar ongida qonuniylikka hurmat, mas’uliyatli fuqarolik pozitsiyasi va sog‘lom turmush tarziga sodiqlikni shakllantirishga qaratildi. Unda soha mutaxassislari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda universitet mas’ullari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oqibatlari, giyohvandlikning inson salomatligi va kelajagiga yetkazadigan salbiy ta’siri haqida atroflicha tushunchalar berildi. Shuningdek, yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va ijtimoiy faollikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv savol-javoblar, ochiq muloqot va muhokamalar tarzida o‘tkazilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar. Tadbir ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, o‘zaro fikr almashish uchun samarali maydon bo‘ldi.

Ushbu profilaktik tadbir yoshlarning huquqiy ongini yuksaltirish, sog‘lom va ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadam sifatida e’tirof etildi.