Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 485
  • Ko`rib chiqilganlar 451
    • Takliflar 60
    • Arizalar 376
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

UNIVERSITETDA “SIYOSIY MA’RIFAT SOATI”: DOLZARB VOQEALAR TAHLILI VA OCHIQ MULOQOT

10:42, 02.02.2026      

Universitetda joriy haftaning eng muhim ijtimoiy-siyosiy voqealariga bag‘ishlangan “Siyosiy ma’rifat soati” doirasidagi tadbirlar tizimli ravishda o‘tkazilmoqda. Mazkur haftada ushbu ma’rifiy mashg‘ulotlar Chet tillari, Tarix hamda Filologiya fakultetlarida yuqori saviyada tashkil etildi.

Chet tillari fakultetida o‘tkazilgan “Siyosiy ma’rifat soati” davomida mamlakatimiz va jahon miqyosida kechayotgan dolzarb siyosiy jarayonlar, ularning mazmun-mohiyati hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni atroflicha muhokama qilindi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar faol ishtirok etib, muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari va tahliliy qarashlarini bildirdilar. Uchrashuv ishtirokchilarning siyosiy bilimlarini yanada boyitish va voqealarga nisbatan mustaqil yondashuvni shakllantirishga xizmat qildi.

Tarix fakultetida esa haftaning eng dolzarb ijtimoiy-siyosiy voqeliklariga bag‘ishlangan an’anaviy “Siyosiy-ma’rifiy soat” mashg‘uloti tashkil etildi. Unda fakultet rahbariyati, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda tyutor-murabbiylar faol ishtirok etdilar. Mashg‘ulot davomida fakultet dekani X. Jurayev tomonidan mamlakatimizda va xorijda sodir bo‘layotgan muhim siyosiy voqealar, hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Ushbu ma’lumotlar ishtirokchilarning siyosiy jarayonlarga nisbatan tahliliy qarashlarini yanada mustahkamladi.

Filologiya fakultetida ham “Siyosiy ma’rifat soati” doirasida mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda joriy haftaning eng dolzarb voqealari, mamlakat va jahon miqyosidagi muhim siyosiy jarayonlar hamda ularning jamiyat hayotidagi ahamiyati fakultet jamoasiga yetkazildi. Shuningdek, fakultet dekani M. Mamajonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi, shuningdek, Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish va jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi nutqidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar yuzasidan muhim tushunchalar berildi.

Umuman olganda, mazkur “Siyosiy ma’rifat soati” mashg‘ulotlari professor-o‘qituvchilar va xodimlarning siyosiy savodxonligini oshirish, jamiyatda kechayotgan jarayonlarga nisbatan hushyor va mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni chuqur tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.