Oripov Dastonbek Dilshodbek o‘g‘lining fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“4n-tartibli xususiy hosilali buziladigan differensial tenglamalar uchun boshlang‘ich-chegaraviy masalalar” mavzusida
Oripov Dastonbek Dilshodbek o‘g‘lining 01.01.02 – Differensial tenglamalar va matematik fizika” ixtisosligi, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan “4n-tartibli xususiy hosilali buziladigan differensial tenglamalar uchun boshlang‘ich-chegaraviy masalalar” mavzusidagi dissertatsiyasining himoyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/2025.27.12.FM.10.04 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 7-fevral kuni soat 10.00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 150100, Farg‘ona shahar, Murabbiylar ko‘chasi, 19-uy, 2-bino, 2-qavat, 203-xona.
Tel.: (+99873) 244-44-02
faks: (+99873) 244-44-93
e-mail: fardu_info@umail.uz