Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 485
  • Ko`rib chiqilganlar 451
    • Takliflar 60
    • Arizalar 376
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

TALABA QIZLAR YASHASH SHAROITLARI DOIMIY NAZORATDA

11:30, 03.02.2026      

Farg‘ona davlat universitetida talaba qizlarning xavfsizligi, qulay va sog‘lom yashash sharoitlarini ta’minlash masalalari doimiy e’tiborda. Shu maqsadda universitetning 1-sonli talabalar turar joyida reja asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur tadbir universitetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi M. Kamalova hamda katta inspektori, podpolkovnik Sh. Ulug‘xodjaeva hamkorligida tashkil etilib, talaba qizlarning yashash sharoitlari, sanitariya-gigiyena holati, ichki tartib-qoidalarga rioya etilishi atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida talaba qizlarning fikr-mulohazalari tinglanib, mavjud muammolar va takliflar muhokama qilindi.

Shuningdek, universitetning 4–8-sonli talabalar turar joylarida ham talaba qizlar bilan alohida nazorat ishlari olib borildi. Etajkom qizlar bilan suhbatlar tashkil etilib, ularning mas’uliyati, talabalar o‘rtasida intizomni mustahkamlash, xavfsizlik va yashash madaniyatini oshirish borasidagi vazifalariga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbatlar davomida talaba qizlarga ichki tartib qoidalariga amal qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, o‘zaro hurmat va mas’uliyat hissini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish mexanizmlari muhokama qilindi.

Mazkur tadbirlar talaba qizlar uchun xavfsiz, qulay va sog‘lom muhit yaratish, ularning ijtimoiy faolligi hamda mas’uliyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Farg‘ona davlat universitetida bu kabi profilaktik va tushuntirish ishlari izchil davom ettiriladi.