
Tabiiy fanlar fakultetida talabalar o‘rtasida “Sog‘lom hayot – sog‘lom kelajak” mavzusida ma’rifat soati o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, jismoniy va ruhiy salomatlikning hayotdagi ahamiyatini tushuntirish edi.
Ma’rifat soati fakultet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Tursunov tomonidan olib borildi. U talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, sog‘lom turmush tarzining kundalik hayotdagi ahamiyatini, jismoniy faollik va to‘g‘ri ovqatlanish kabi asosiy jihatlarni tushuntirdi.
Xususan, to‘g‘ri ovqatlanish – har bir insonning energiyasi va salomatligi uchun zarur asos;
Ma’rifat soati yakunida sog‘lom hayot tarziga amal qilish har bir insonning kundalik odatiga aylanishi zarurligi ta’kidlandi. Tadbir orqali talabalar nafaqat sog‘lom turmushning ahamiyatini anglab yetdilar, balki o‘z hayotlarida uni qo‘llashga ilhom oldilar.