Ishonch telefoni:
(+99873) 244-44-15


Farg‘ona davlat universitetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi hamda “Qizlarjon” klubi a’zolari “Imkoniyatlar va mas’uliyatlar” mavzusida bo‘lib o‘tgan respublika ilmiy-amaliy anjumanida onlayn tarzda ishtirok etdilar.
Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi o‘rni, shuningdek, zamonaviy taraqqiyot sharoitida ularning zimmasidagi mas’uliyat masalalari muhokama etildi.
Anjumanda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Kamalovna Norboyeva, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari so‘zga chiqib, xotin-qizlarning ilm-fan va ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati, mavjud imkoniyatlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirdilar.
Onlayn formatda o‘tgan anjumanda Farg‘ona davlat universiteti vakillari muhokamalarda faol qatnashib, ilgari surilgan tashabbus va g‘oyalarni katta qiziqish bilan tingladilar. Tadbir xotin-qizlarning ta’lim va jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning yetakchilik salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, mas’uliyat va imkoniyatlar uyg‘unligini ta’minlash borasida muhim ahamiyat kasb etdi.
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...
Iltimos, kuting. Yuklanyapti...