

Iqtisodiyot fakultetida “Yosh olimlar ligasi” loyihasi doirasida “Global jarayonlar fonida ilm-fanning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Mazkur anjuman ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy global chaqiriqlarga ilmiy asosda javob topish maqsadida o‘tkazildi.
Tadbir OʻzLiDeP loyihasi doirasida tashkil etilib, ilm-fan va innovatsion taraqqiyot masalalariga bag‘ishlandi.
Anjuman davomida:
global iqtisodiy o‘zgarishlarning ilmiy tadqiqotlarga ta’siri,
raqamli transformatsiya sharoitida ilm-fan istiqbollari,
barqaror rivojlanish va innovatsion yondashuvlar,
yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari
kabi dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.
Ishtirokchilar global integratsiya, texnologik taraqqiyot va raqobat muhitining kuchayishi ilmiy izlanishlar sifatiga yangi talablar qo‘yayotganini ta’kidladilar. Shu nuqtai nazardan, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish muhim vazifa sifatida qayd etildi.
Tadbirda professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar hamda talabalar faol ishtirok etib, o‘z ilmiy qarashlari va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar. Bahs-munozaralarga boy bo‘lgan sessiyalarda ilmiy muammolarning amaliy yechimlari, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish yo‘llari muhokama qilindi.
Yosh tadqiqotchilar uchun bunday platformalar nafaqat ilmiy tajriba almashish, balki o‘z salohiyatini namoyon etish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.