
Farg‘ona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M. Dexqonboyeva tashabbusi bilan fakultetning “Qizlarjon” klubi a’zolari ishtirokida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni universitet hayotidagi tashabbus va loyihalarga kengroq jalb etish, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda fikr almashishdan iborat bo‘ldi.
Yig‘ilish davomida:
qizlarning ta’lim jarayonidagi faolligi,
liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish,
bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish,
milliy qadriyatlar va ma’naviy barkamollik masalalari muhokama qilindi.
Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tgani sababli har bir ishtirokchi o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu esa qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va jamoada fikr bildirish madaniyatini shakllantirishda muhim omil bo‘ldi.
M. Dexqonboyeva tomonidan talaba-qizlarga shaxsiy rivojlanish, kasbiy mahoratni oshirish, jamoatchilik ishlarida faol bo‘lish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, “Qizlarjon” klubi doirasida yangi loyihalar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Uchrashuv samimiy va ko‘tarinki ruhda yakunlandi. Bunday muloqotlar talaba-qizlarning faolligini oshirish, ularni jamiyatda o‘z o‘rnini topishga undash hamda kelajakda yetuk mutaxassis va faol fuqarolar bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.