
Farg‘ona davlat universitetida talaba-yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur sport tadbiri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda zararli illatlarga qarshi immunitetni kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z mahorati, chaqqonligi va tezkorligini namoyon etib, keskin va murosasiz bahslarda g‘oliblik uchun kurash olib bordilar. Har bir uchrashuv tomoshabinlarga yuqori sport kayfiyati va haqiqiy bellashuv zavqini ulashdi.
1-o‘rin — Fizika-matematika fakulteti talabasi Abdumutalipova Mohira
2-o‘rin — Tarix fakulteti talabasi Raximova Zuxra
3-o‘rin — Filologiya fakulteti talabasi Murodova Dilnura
Yigitlar o‘rtasida:
1-o‘rin — Agrar qo‘shma fakulteti talabasi Shamsiddinov Saidmurod
2-o‘rin — Fizika-matematika fakulteti talabasi Yusufjonov Oyatillo
3-o‘rin — Harbiy fakulteti talabasi Rustamjonov Shoxrux
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar universitet rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandi. Tadbir yoshlar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash va sog‘lom hayot tamoyillarini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ta’kidlash joizki, FarDUda sport tadbirlari muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda. Bunday musobaqalar talabalarning nafaqat jismoniy, balki ma’naviy-ruhiy barkamolligini ta’minlashga ham xizmat qilmoqda.