Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 500
  • Ko`rib chiqilganlar 466
    • Takliflar 60
    • Arizalar 391
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Ingliz tili va adabiyoti fakultetida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan 10 strategiya bo‘yicha 2-seminar-trening o‘tkazildi

08:31, 02.03.2026      


Fargʻona Davlat Universiteti Ingliz tili va adabiyoti fakultetida 2025-2026 o‘quv yili jarayonida ta’lim sifatini yanada yaxshilash maqsadida ishlab chiqilgan “Talabalar akademik natijalarini takomillashtirish strategiyasi” asosida professor-o‘qituvchilar uchun 2-seminar-trening tashkil etildi. Mazkur strategiya fakultet dekani filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent N.Toirova tashabbusi bilan ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarning akademik natijalarini tizimli ravishda oshirishga qaratilgan 10 ta ilmiy asoslangan yondashuvni o‘z ichiga oladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, bir hafta davomida quyidagi strategiyalar eng ko‘p amaliyotga tatbiq etilgan:

1. Talaba bilimini oldindan aniqlash (diagnostik baholash) – semestr boshida talabalar bilim darajasi, bo‘shliqlari va ehtiyojlarini aniqlash orqali dars jarayonini samarali rejalashtirish;

2. Semestr davomida muntazam baholash – oy davomida joriy nazoratlar, qisqa viktorinalar va og‘zaki tekshiruvlar orqali talabaning rivojlanishini bosqichma-bosqich kuzatish;

3. Hamkorlikda o‘rganish – juftlik va kichik guruhlarda ishlash, talabalar taqdimotlari, tengdoshlar baholashi orqali kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish.

Seminar-trening davomida ushbu strategiyalarning amaliy natijalari tahlil qilindi, o‘qituvchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar hamda kelgusi bosqichlar uchun tavsiyalar ishlab chiqildi. Trening interaktiv muhokamalar, real misollar va tajriba almashinuvi asosida tashkil etildi.

Mazkur strategiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali talabalar bilim bo‘shliqlarini erta aniqlash, akademik ko‘rsatkichlarni barqaror oshirish, dars jarayonida faollik va motivatsiyani kuchaytirish, hamkorlikka asoslangan o‘quv muhitini yaratish rejalashtirilgan.

Fakultet jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu tizimli ishlar ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti jamoasi talabalar muvaffaqiyati yo‘lida izchil va samarali faoliyat olib borishda davom etadi!