Joriy yilning 1 mart kuni 10-chi TTJda yashaydigan talaba qizlar bilan ma`naviy muloqot doirasida Xurshid Do`stmuhammadning Bozor romanidan parcha Ingliz tili va adabiyeti fakultet dekani ishtirokida o`qildi va atroflicha muhokama qilindi.
Asardagi bozor muhiti, inson tabiati, ma`naviy tanlov va ijtimoiy munosabatlar masalasi qizg`in fikr almashuvga sabab bo`ldi. Talabalar qahramonlar ruhiyatini tahlil qilib, ramziy obrazlar orqali muallif pozisiyasini ochishga harakat qildilar.
N.I. Toirova tomonidan asarning badiiy qimmati va tarbiyaviy ahamiyati alohida ta`kidlandi. Bunday adabiy uchrashuvlar yoshlarning mutolaa madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.