Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 501
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 60
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

REKTOR TALABA-YOSHLARNING FIKR VA TAKLIFLARINI O‘RGANMOQDA

12:36, 05.03.2026      

Yoshlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bugungi kun ta’lim tizimining muhim yo‘nalishlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda ilgari surilgan tashabbuslar ham aynan shu maqsadga xizmat qilib, yoshlarning zamonaviy bilim olishi, innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etishi hamda o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Mazkur tashabbuslar ijrosini ta’minlash hamda yoshlar siyosati samaradorligini yanada oshirish maqsadida Farg‘ona davlat universitetida ham qator amaliy tadbirlar ishlab chiqildi. Universitetda talaba-yoshlarning fikrlarini o‘rganish, ularning ta’lim jarayoni va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov mas’ul prorektorlar hamrohligida ingliz tili va adabiyoti hamda chet tillari fakultetida bo‘lib, talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida talabalar o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari bilan o‘rtoqlashdilar.

Samimiy suhbat jarayonida rektor yoshlarning bilim olish jarayonidagi yutuqlari, ularni qiynayotgan masalalar, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda ilmiy va ijodiy faoliyatni rivojlantirish borasidagi fikrlarini tingladi. Ayniqsa, fakultetda xalqaro til sertifikatlariga ega talabalar salohiyatidan samarali foydalanish, ularni xalqaro grantlar va akademik loyihalarda faol ishtirok etishga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, talabalar uchun xorijiy ta’lim dasturlarida qatnashish, ilmiy tadqiqotlar olib borish va innovatsion loyihalar yaratish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan aniq tavsiya va maslahatlar berildi. Rektor tomonidan ta’lim jarayonini takomillashtirish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning salohiyatini yuzaga chiqarish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Bunday uchrashuvlar talaba-yoshlar bilan yaqin muloqotni mustahkamlash, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda universitetda samarali yoshlar siyosatini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, bu kabi ochiq muloqotlar yoshlarning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlab, ularni yangi yutuqlar sari ruhlantiradi.