

Universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov soha prorektorlari hamrohligida harbiy ta’lim fakultetiga tashrif buyurib, kursant talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayoni hamda zamonaviy texnologiyalar asosida olib borilayotgan mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida rektor kursantlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida bugungi globallashuv davrida mamlakat xavfsizligi va taraqqiyoti uchun nafaqat jismoniy chiniqqan, balki yuksak intellektual salohiyatga ega bo‘lgan mutaxassislar zarurligi alohida ta’kidlandi.
Universitet rahbari yoshlarni bilim olishga, mustaqil fikrlashga, zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganishga undadi. Chunki bugungi zamonaviy harbiy sohada bilim, tahlil qilish qobiliyati va texnologik savodxonlik muhim omillardan biri hisoblanadi.

Muloqot davomida buyuk sarkarda Amir Temurning mashhur hikmati ham esga olindi:
Mazkur hikmat bugungi yoshlar uchun ham muhim hayotiy qoida ekanligi ta’kidlanib, qat’iy intizom, yuksak mas’uliyat hamda milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiya topgan yoshlar yurtimizning haqiqiy posbonlari bo‘lib yetishishi alohida qayd etildi.
Tashrif davomida rektor fakultetda yangi tashkil etilgan uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) va ularni boshqarish bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar bilan ham yaqindan tanishdi.
Bugungi kunda dron texnologiyalari harbiy sohada, xavfsizlik tizimlarida hamda qator strategik yo‘nalishlarda keng qo‘llanilmoqda. Shu bois, talabalarni ushbu texnologiyalar bilan ishlashga o‘rgatish ularning kelajakdagi professional faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.
“Dronlar bilan ishlash ko‘nikmasi bo‘lajak mutaxassislarimizning professional tayyorgarligida muhim o‘rin tutadi. Zamonaviy texnologiyalarni mukammal egallagan yoshlar yurtimiz xavfsizligi va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi.”
Mazkur tashrif harbiy ta’lim fakultetida amalga oshirilayotgan ta’lim jarayonining zamonaviy talablarga mos ravishda rivojlanib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.