Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARDU REKTORI IQTISODIYOT FAKULTETI TALABALARI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZDI

14:41, 12.03.2026      

Farg‘ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov soha prorektorlari hamrohligida Iqtisodiyot fakultetiga tashrif buyurib, talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida talabalar bilan fikr almashish, ularning taklif va tashabbuslarini tinglash hamda iqtisodiy sohada yetuk mutaxassislar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat jarayonida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yoshlarning ushbu jarayonlardagi faol ishtiroki masalalari muhokama qilindi. Xususan, Prezidentimizning yoshlar bilan uchrashuvlarida ilgari surilgan tashabbuslar, iqtisodiy taraqqiyotga qaratilgan strategik yo‘nalishlar va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar tahlil etildi.

Rektor bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida nafaqat nazariy bilim, balki amaliy tajriba, innovatsion fikrlash hamda yuksak ma’naviyat uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida talabalarning startap loyihalari, ilmiy izlanishlari hamda innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilindi. Universitetda yoshlarning g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish, ularning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va iqtisodiy tafakkurini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

Talabalar o‘z startap loyihalari, biznes g‘oyalari va ilmiy ishlari yuzasidan fikr bildirib, universitet rahbariyati bilan erkin muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

Muloqot davomida rektor talabalarning taklif va muammolarini diqqat bilan tinglab, ularga o‘z tavsiyalarini berdi. Ayniqsa, iqtisodiyot sohasida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lish uchun xorijiy tillarni chuqur o‘rganish, zamonaviy iqtisodiy bilimlarni egallash hamda amaliy ko‘nikmalarni oshirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, talabalarni ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanishga, xalqaro tajribalarni o‘rganishga va innovatsion g‘oyalar ustida ishlashga undadi.

Mazkur uchrashuv talaba-yoshlar bilan ochiq muloqotning yana bir muhim maydoniga aylandi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning fikr-mulohazalarini tinglash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakda iqtisodiyot sohasida yetuk, tashabbuskor va mas’uliyatli mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.