Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

QADRIYAT: “YURT OBODLIGI – MAHALLADAN BOSHLANADI”

16:54, 13.03.2026      

Yurtimizda azaldan shakllangan ezgu qadriyat – o‘zaro hamjihatlik va mehr-oqibat ramzi bo‘lgan hashar an’analari bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. 13–14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab “Yurt obodligi – mahalladan boshlanadi” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari ana shu milliy qadriyatlarning amaliy ifodasiga aylandi.

Mazkur xayrli tadbir doirasida hududlarni obodonlashtirish, ko‘cha va xiyobonlarni tozalash, daraxt va manzarali ko‘chatlarni oqlash, gulzorlarni tartibga keltirish, ijtimoiy obyektlar hamda ta’lim maskanlari atrofini saranjomlash kabi keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonlar nafaqat atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, balki aholining ekologik madaniyatini oshirishga ham xizmat qilmoqda.

Farg‘ona davlat universiteti jamoasi ham ushbu umumxalq harakatida faol ishtirok etib, o‘z hududlarida obodonlashtirish ishlarini jadal davom ettirmoqda. Professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlar bir yoqadan bosh chiqarib, ta’lim maskani atrofini yanada fayzli va ko‘rkam qilishga munosib hissa qo‘shmoqdalar.

Hashar – xalqimizning asrlar davomida shakllangan birlik va hamjihatlik timsoli bo‘lib, unda har bir insonning o‘z mahallasi va yurt ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilishi mujassamdir. Ozodalik, poklik va saranjomlik esa obod diyorning ajralmas belgisi hisoblanadi. Shu bois bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda birdamlik tuyg‘ularini mustahkamlab, kelajakka bo‘lgan ishonchni yanada oshiradi.

Keling, har birimiz yashab turgan hududimizni obod qilishga befarq bo‘lmaylik. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan yurtimizni yanada go‘zal, fayzli va yashnagan maskanga aylantirish o‘z qo‘limizda!