Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 506
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 395
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

REKTOR KUBOGI — SOG‘LOM TANA VA SOG‘LOM AQL SARI YANA BIR QADAM

16:33, 25.03.2026      

Farg'ona davlat universitetida an’anaga aylanib borayotgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari bu yil ham yuqori kayfiyat va katta shijoat bilan boshlandi. Universitet hayotining muhim voqealaridan biri sanalgan ushbu musobaqalar nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki talabalar o‘rtasida do‘stlik va birdamlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mazkur sport bayrami doirasida talabalar quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazmoqda:

  • -Kurash;
  • -Stol tennis;
  • -Shaxmat;
  • -Yengil atletika;
  • - Voleybol.

Har bir yo‘nalish yoshlarning jismoniy va intellektual salohiyatini namoyon etishiga keng imkon yaratadi.

Musobaqaning ochilish marosimida universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov so‘zga chiqib, yurtimizda sport va ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga alohida to‘xtaldi. U o‘z nutqida:

“Sog‘ tanda — sog‘lom aql” shiori bugungi kunda har qachongidan ham dolzarb ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, tinch va osoyishta yurtda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, bayramona ruh va ko‘tarinki kayfiyat musobaqaning asosiy ruhini belgilab berayotgani qayd etildi.

Tadbirning badiiy qismi ham ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Turli sport turlariga bag‘ishlangan sahna chiqishlari, jonli performanslar va kreativ namoyishlar sportning nafaqat kuch, balki san’at va ilhom manbai ekanini yana bir bor isbotladi.

“Rektor kubogi” — bu shunchaki musobaqa emas. Bu: sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi harakat, yoshlar irodasini mustahkamlovchi maktab va eng muhimi — bir maqsad yo‘lida birlashgan talabalarning bayramidir.