Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 506
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 395
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

“KELAJAKKA QADAM” — YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR ESHIGI

14:50, 26.03.2026      

Farg‘ona davlat universitetida Yoshlar kuni munosabati bilan talaba-yoshlar hayotida muhim o‘rin tutadigan yana bir mazmunli tadbir — “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida ochiq muloqot tashkil etildi. Ushbu uchrashuv yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

“Rahbar va yoshlar” formatida o‘tkazilgan muloqot samimiy va ochiq ruhda kechdi. Tadbirda “Kelajakka qadam” markazi direktori ishtirok etib, bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlov mexanizmlari va yangi istiqbolli loyihalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida talabalar uchun dolzarb bo‘lgan bir qator muhim masalalar atroflicha yoritildi. Xususan, yoshlarning biznes g‘oyalarini amaliyotga joriy etish bosqichlari, startap loyihalarni yo‘lga qo‘yish jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida tushuntirishlar berildi. Bu esa ko‘plab talabalar uchun o‘z orzularini real loyihaga aylantirish yo‘lida muhim qo‘llanma vazifasini o‘tadi.

Shuningdek, imtiyozli kredit mahsulotlari, ularning shartlari va afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Bank tizimi orqali yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, qulay moliyaviy yechimlar va subsidiyalar haqida berilgan ma’lumotlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Bundan tashqari, yosh tadbirkorlar uchun mavjud davlat xizmatlari, grantlar, subsidiyalar hamda zamonaviy bank xizmatlari haqida ham keng qamrovli tushunchalar berildi. Mutaxassislar tomonidan berilgan tavsiyalar talabalar uchun amaliy ahamiyat kasb etib, ularning kelajakdagi faoliyati uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qildi.

Muloqot yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Eng muhimi, ular o‘z shaxsiy loyihalarini moliyalashtirish, biznesni boshlash va rivojlantirish bo‘yicha aniq yo‘nalish hamda mutaxassislar maslahatlariga ega bo‘ldilar.

“Kelajakka qadam” loyihasi doirasidagi bunday uchrashuvlar yoshlarning iqtisodiy tafakkurini rivojlantirish, ularni mustaqil fikrlaydigan va tashabbuskor shaxs sifatida shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.