
Yoshlar kuni munosabati bilan Axborot-resurs markazida “Kitob – yettinchi mo‘jiza” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitishdan iborat bo‘ldi.
Mazkur tadbirda jismoniy madaniyat va sport faoliyati, chet tillari, fizika-matematika hamda tarix fakultetlari talabalari faol ishtirok etdilar.
Tadbir dasturi doirasida o‘zbek va jahon adabiyoti namoyondalarining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan savol-javoblar tashkil etildi. Ushbu jarayon ishtirokchilarning bilim saviyasini aniqlash va ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qildi. Shuningdek, talabalar tomonidan o‘qilgan asarlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilishi orqali o‘zaro tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Tadbir davomida Axborot-resurs markazi tomonidan yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Bundan tashqari, “Kitob yog‘dusi” kitob do‘koni ishtirokida kitob savdosi yo‘lga qo‘yilib, talabalarga zamonaviy va badiiy adabiyotlarni xarid qilish imkoniyati yaratildi.
Tadbir yuqori saviyada, qizg‘in bahs va munozaralarga boy tarzda o‘tkazildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, faol ishtirok etgan hamda yuqori natijalarni qayd etgan talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.