Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 506
  • Ko`rib chiqilganlar 472
    • Takliflar 61
    • Arizalar 395
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARDU OLIMLARI XALQARO ARXEOLOGIK SEMINARDA

12:33, 04.04.2026      

Termiz shahrida arxeologiya, madaniy meros va zamonaviy ilmiy texnologiyalar yo‘nalishlarini qamrab olgan nufuzli xalqaro trening kursi o‘z ishini davom ettirmoqda. Mazkur tadbir Termiz davlat universiteti, Xitoyning Shimoli-G‘arbiy universiteti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Antropologiya instituti hamda qator xalqaro va mahalliy tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.

“Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan va texnologiyalar hamda madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro trening kursi” mavzusidagi ushbu anjuman ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga joriy etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Mazkur treningda Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi O‘zbekiston–Xitoy arxeologiya qo‘shma kafedrasi o‘qituvchilari hamda magistrantlari faol ishtirok etmoqda. Ular xalqaro ekspertlar bilan birgalikda arxeologiya sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish va yangi metodlarni o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘lmoqdalar.

Trening doirasida xitoylik mutaxassislar tomonidan madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, arxeologik topilmalarni saqlash, restavratsiya qilish hamda zamonaviy ilmiy tadqiqot usullari bo‘yicha ma’ruzalar o‘qilmoqda. Shuningdek, ishtirokchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, nazariy bilimlar real tajriba bilan mustahkamlanmoqda.

Dastur doirasida Surxondaryo viloyatidagi muhim arxeologik yodgorliklarga ilmiy safarlar uyushtirilib, yetuk o‘zbek arxeologlari tomonidan boy tarixiy merosimiz, qadimiy madaniyat izlari va olib borilayotgan tadqiqotlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berilmoqda.

Mazkur xalqaro trening FarDU olimlari va yosh tadqiqotchilarining ilmiy salohiyatini oshirish, ularning xalqaro ilmiy maydondagi ishtirokini kengaytirish hamda arxeologiya sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.