Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 506
  • Ko`rib chiqilganlar 472
    • Takliflar 61
    • Arizalar 395
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARDU TALABASI OLTIN MEDAL SOHIBI

13:08, 04.04.2026      

Joriy yilning 28–31-mart kunlari Tojikiston Respublikasida sportning kamondan o‘q otish turi bo‘yicha nufuzli xalqaro ochiq turnir bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada turli davlatlardan tashrif buyurgan kuchli sportchilar o‘zaro bellashib, yuqori darajadagi mahoratlarini namoyish etdilar.

Quvonarlisi, ushbu xalqaro turnirda Farg‘ona davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti 1-bosqich talabasi Muhammadaziz Qayumov munosib ishtirok etib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi va faxrli 1-o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa davomida sportchimiz yuqori aniqlik, kuchli ruhiy tayyorgarlik hamda qat’iyat namunasini ko‘rsatib, hal qiluvchi bosqichlarda ham ustunligini saqlab qoldi. Uning ushbu yutug‘i nafaqat universitet jamoasi, balki mamlakatimiz sporti uchun ham muhim natija hisoblanadi.

Mazkur g‘alaba yosh sportchilarni yanada katta marralar sari ilhomlantirishi, shuningdek, kamondan o‘q otish sport turini rivojlantirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Universitet jamoasi Muhammadaziz Qayumovni ushbu yuksak yutug‘i bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaydi!