Farg‘ona davlat universiteti delegatsiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sharof Shuxratov boshchiligida 2026-yil 1–4-aprel kunlari Erasmus+ dasturi tomonidan moliyalashtirilayotgan “TEX4FUTURE – O‘zbekiston va Qozog‘istonda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish” grant loyihasining 9-yig‘ilishida ishtirok etdi. Qozog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilish Auezov nomidagi janubiy Qozog‘iston universiteti hamda M.Kh. Dulaty Taraz universiteti mezbonligida tashkil etildi.
Grant sohibi sifatida Farg‘ona davlat universiteti Gretsiya, Turkiya, Ruminiya va Qozog‘istondagi hamkor universitetlar bilan to‘qimachilik sanoati yo‘nalishida tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Tashrif doirasida TEX4FUTURE markazlarining ochilish marosimida ham ishtirok etildi. Bu tashabbus ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.