Farg‘ona davlat universiteti delegatsiyasining Qozog‘istonga rasmiy tashrifi davomida Auezov nomidagi janubiy Qozog‘iston universiteti hamda M.Kh. Dulaty Taraz universiteti bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Xususan, dunyoning TOP-1000 universitetlari qatoriga kirgan Auezov nomidagi janubiy Qozog‘iston universiteti bilan jismoniy tarbiya yo‘nalishida qo‘shma bakalavr ta'lim dasturini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, kelgusida iqtisodiyot, moliya, falsafa, maktabgacha ta’lim va musiqa ta’limi yo‘nalishlarida qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha reja ishlab chiqildi.
Bundan tashqari, M.Kh. Dulaty Taraz universiteti bilan memorandum imzolandi. Ushbu hujjat doirasida talabalar almashinuvi, professor-o‘qituvchilar mobilligi, hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda suniy intellekt markazi tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.