Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 506
  • Ko`rib chiqilganlar 472
    • Takliflar 61
    • Arizalar 395
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

XALQARO HAMKORLIK: FARDU VAKILLARI NUFUZLI KONFERENSIYADA

14:40, 06.04.2026      

Farg‘ona davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi professor-o‘qituvchilari xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida navbatdagi muhim tashabbusni amalga oshirdilar. Ular Qirg‘izistonning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — O‘sh davlat universitetida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada faol ishtirok etdilar.

«Globallashuv sharoitida Farg‘ona vodiysining tarixiy, falsafiy, tilshunoslik va etnomadaniy xususiyatlarining dolzarb masalalari» mavzusiga bag‘ishlangan mazkur anjuman turli mamlakatlardan tashrif buyurgan olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislarni bir maydonga jamladi. Unda Farg‘ona vodiysining boy tarixiy merosi, madaniy o‘ziga xosligi hamda zamonaviy globallashuv jarayonidagi o‘rni keng muhokama qilindi.

Konferensiya doirasida FarDU professor-o‘qituvchilari o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashib, dolzarb mavzular yuzasidan o‘z ilmiy qarashlari va tadqiqot natijalarini taqdim etdilar. Ularning chiqishlari xorijiy hamkasblar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va mazmunli ilmiy munozaralarga sabab bo‘ldi.

Tadbir yakunida Farg‘ona davlat universiteti vakillari tomonidan mezbon tomon — O‘sh davlat universiteti jamoasiga esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu esa ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi do‘stona aloqalar va samarali hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

Mazkur xalqaro konferensiya ilmiy tajriba almashish, yangi ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda mintaqaviy tadqiqotlarni rivojlantirishda muhim platforma bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek, u Farg‘ona davlat universitetining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirishga munosib hissa qo‘shdi.