

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida kattalar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yuqori saviyada o‘tkazildi. Ushbu nufuzli musobaqada yurtimizning turli hududlaridan eng kuchli sportchilar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Musobaqada Farg‘ona davlat universiteti sport faoliyati fakulteti talabalari ham faol qatnashib, yuqori natijalar bilan universitet sharafini munosib himoya qildilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
Azamjon Anvarjonov (+100 kg) —1-o‘rin
Oybek Muhammedov (100 kg) —2-o‘rin
Paxlovon Umaraliyev (90 kg) —2-o‘rin
Feruza Sobirova (58 kg) —2-o‘rin
Samandar Anvarov (75 kg) —2-o‘rin
Fayozbek Abdug‘fforov (82 kg) —3-o‘rin
Ozodbek Abdusattorov (75 kg) —3-o‘rin
Ushbu natijalar sportchilarning muntazam mashg‘ulotlari, kuchli iroda va professional tayyorgarligi samarasi ekanini yana bir bor namoyon etdi. Ayniqsa, Azamjon Anvarjonovning oltin medali jamoa uchun katta faxr bo‘ldi.
Musobaqa nafaqat g‘oliblarni aniqlash, balki sportchilar o‘rtasida tajriba almashish, do‘stlik rishtalarini mustahkamlash va milliy sport turlarini rivojlantirishda muhim maydon vazifasini o‘tadi.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda belbog‘li kurash yurtimizda tobora ommalashib, yoshlar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bu esa milliy sportimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.