Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 506
  • Ko`rib chiqilganlar 472
    • Takliflar 61
    • Arizalar 395
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

OLIYGOH RAHBARI “FARDU” FUTBOL KLUBI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI

08:15, 09.04.2026      

Farg‘ona davlat universitetida sportga bo‘lgan e’tibor va e’tirof yana bir bor o‘z ifodasini topdi. Bugun universitetning “FarDU” futbol klubi O‘zbekiston Pro-ligasi doirasida mavsumning ilk uchrashuvini safarda Paxtakor-farm jamoasiga qarshi o‘tkazmoqda. Ayni paytda jamoa a’zolari Toshkent shahrida bo‘lib, muhim bellashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ushbu mas’uliyatli o‘yin oldidan jamoani qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov “FarDU” futbol klubi vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil etdi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida jamoa a’zolariga ishonch va motivatsiya bag‘ishlovchi so‘zlar bildirildi.

“Bugun, mavsumning ilk hal qiluvchi o‘yini oldidan butun universitet jamoasi sizlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Viloyat rahbariyati va Farg‘ona ahli sizlardan g‘alaba kutmoqda. Sizlarning har bir yutug‘ingiz — bu nafaqat klub, balki butun universitet va viloyatimiz sharafi demakdir. Maydonda bor kuchingizni namoyon etib, munosib natijaga erishishingizga ishonaman”, — dedi Bahodirjon Shermuhammadov.

Uchrashuv davomida futbolchilar va murabbiylar jamoaning hozirgi holati, tayyorgarlik jarayoni hamda mavsum oldidan belgilangan maqsadlar haqida ham fikr almashdilar. Bu esa jamoa ichidagi hamjihatlik va ishonchni yanada mustahkamladi.

Yakunda oliygoh rahbari futbolchilarga nafaqat bugungi o‘yinda, balki butun mavsum davomida omad va muvaffaqiyatlar tilab, ularga katta ishonch bildirdi.

Ta’kidlash joizki, “FarDU” futbol klubi universitet sport hayotining ajralmas qismi bo‘lib, yosh futbolchilarning mahoratini oshirish, ularni professional maydonga olib chiqishda muhim o‘rin tutadi. Jamoaning har bir o‘yini nafaqat sport musobaqasi, balki universitet sha’nini himoya qilish, muxlislar ishonchini oqlash va yangi zafarlar sari dadil qadamdir.