
Farg‘ona viloyatida yoshlarning tashabbus va ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Voice Up-2026” — “Fikringni ber” inklyuziv yoshlar oromgohining hududiy bosqichi yuqori saviyada tashkil etilib, muvaffaqiyatli yakunlandi.
Mazkur loyiha Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.
3-aprel kuni start olgan inklyuziv oromgohning hududiy bosqichi 5-aprel kuni yakunlanib, uch kun davomida ishtirokchilar turli treninglar, loyiha taqdimotlari va jamoaviy faoliyatlar orqali o‘z salohiyatlarini namoyon etdilar. Tadbir Bilimdon oromgohi hududida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Farg‘ona davlat universiteti tarix fakulteti talabasi Abduqahhorova Nigoraxon “Eng yaxshi loyiha” nominatsiyasini qo‘lga kiritib, yuqori natija qayd etdi. Bu yutuq yoshlarning ijtimoiy muammolarga befarq emasligi va innovatsion fikrlash qobiliyatining yorqin namunasi bo‘ldi.
Shuningdek, universitetning yana bir faol talabasi — tarix fakulteti ijtimoiy ish yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Ozodbek Yigitaliyev ham “Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhit yaratish va kasb tanlashda yordam” mavzusidagi loyihasi bilan muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblar safidan joy oldi.
“Voice Up” loyihasining asosiy maqsadi — Yangi O‘zbekistonda erkin, farovon va inklyuziv jamiyat qurish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy muammolarga innovatsion yechimlar topishga rag‘batlantirishdan iborat.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish, yangi g‘oyalar ishlab chiqish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu esa ularning kelgusidagi faoliyati uchun muhim poydevor vazifasini o‘taydi.