Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 506
  • Ko`rib chiqilganlar 472
    • Takliflar 61
    • Arizalar 395
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“AMIR TEMUR – RENESSANS BUNYODKORI”: FARDUDA YUKSAK MA’NAVIY TADBIR

16:04, 10.04.2026      

Farg'ona davlat universitetida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Amir Temur – Renessans bunyodkori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda oliygoh rahbari B. Shermuhammadev, Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchi olimlar hamda faol talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida Amir Temur davrining davlat boshqaruvi, ijtimoiy-siyosiy hayoti va madaniy taraqqiyotiga oid mazmunli ma’ruzalar tinglandi.

Tadbirda so‘zga chiqqan universitet rektori B. Shermuhammadev Sohibqironning markazlashgan davlat barpo etishdagi o‘rni, ilm-fan va bunyodkorlikka bergan yuksak e’tibori haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Ayniqsa, Amir Temur davrining uyg‘onish jarayonlariga qo‘shgan hissasi bugungi yoshlar uchun muhim tarixiy saboq ekani ta’kidladi.

Tadbir yanada jonli ruhda o‘tishi uchun talabalar tomonidan tayyorlangan tarixiy sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ushbu chiqishlar orqali Sohibqiron hayotining muhim lahzalari badiiy ifoda etildi. Shuningdek, milliy ruhdagi musiqiy chiqishlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yosh avlod qalbida milliy tarixga hurmat, buyuk ajdodlar merosiga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.