Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 506
  • Ko`rib chiqilganlar 472
    • Takliflar 61
    • Arizalar 395
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARDU TALABASI OSIYO CHEMPIONI

16:27, 10.04.2026      

Farg‘ona davlat universiteti sport faoliyati fakulteti talabasi Abdulloh Madaminov xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, boks bo‘yicha Osiyo chempioni degan yuksak unvonga sazovor bo‘ldi.

Nufuzli #Osiyo_chempionati doirasida o‘tkazilgan final jangida u tailandlik kuchli raqib Bunjong Sinsiri ga qarshi ringga chiqdi. Murosasiz va keskin kechgan bahs davomida Abdulloh Madaminov yuqori texnika, tezkorlik va qat’iyat namoyish etib, raqibini mutloq ustunlik bilan mag‘lub etdi hamda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Mazkur g‘alaba nafaqat sportchining shaxsiy yutug‘i, balki Farg‘ona davlat universiteti sport maktabining samarali faoliyati natijasi sifatida ham e’tirof etilmoqda. Universitetda yaratilgan zamonaviy sharoitlar, malakali murabbiylar va sportga bo‘lgan e’tibor yosh iste’dodlarning katta yutuqlarga erishishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Abdulloh Madaminovning ushbu muvaffaqiyati yoshlar uchun katta motivatsiya manbai bo‘lib, ularni sport bilan shug‘ullanishga, yuksak marralarni zabt etishga undaydi. Uning g‘alabasi yana bir bor o‘zbek sportining xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlab, mamlakatimiz bayrog‘ini baland ko‘tardi.