Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 506
  • Ko`rib chiqilganlar 472
    • Takliflar 61
    • Arizalar 395
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARDUDA MILLIY O‘YINLAR VA ETNOSPORT FESTIVALI

17:05, 10.04.2026      


Farg‘ona davlat universitetida #Amir_Temur690 munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” doirasidagi milliy o‘yinlar va etnosport festivali yuqori ruhda davom etmoqda. Ushbu sport bayrami talaba-yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, ularni jismonan chiniqtirish va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Ayni kunlarda jismoniy madaniyat fakulteti talabalari o‘rtasida “Etnosport — milliy sport turlari” bo‘yicha qizg‘in musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘z kuch, chaqqonlik va epchilligini namoyon etib, g‘alaba uchun murosasiz kurash olib bormoqda.

Festival dasturidan o‘rin olgan milliy sport turlari yoshlarning katta qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Har bir bahs o‘ziga xos milliy ruh, an’ana va qadriyatlarni aks ettirib, tomoshabinlarga ham ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.

Tadbir davomida milliy merosimizni asrab-avaylash, uni yoshlar ongiga chuqur singdirish hamda kelajak avlodga yetkazish har birimizning muhim burchimiz ekani alohida ta’kidlanmoqda. Shu orqali talabalarda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy ildizlarga hurmat va g‘urur tuyg‘ulari mustahkamlanmoqda.

“Rektor kubogi” doirasidagi etnosport festivali nafaqat sport musobaqasi, balki milliy qadriyatlarimizni jonlantiruvchi, yoshlarni birlashtiruvchi va ularni har tomonlama barkamol etib tarbiyalovchi muhim madaniy tadbir sifatida davom etmoqda.