Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 506
  • Ko`rib chiqilganlar 473
    • Takliflar 61
    • Arizalar 395
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FARDUDA “JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT” MAVZUSIDA OCHIQ MULOQOT

15:52, 11.04.2026      

Farg‘ona davlat universitetida talaba-yoshlar ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularni turli mafkuraviy tahdidlardan asrash hamda sog‘lom fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida “Jaholatga qarshi — ma’rifat” shiori ostida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbir globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan bugungi davrda yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish va ularni yot g‘oyalardan himoya qilish masalasining dolzarbligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Uchrashuvda Burhon Qo‘ldoshev ishtirok etib, yoshlarga zamonaviy dunyoda axborot oqimining keskin ortib borayotgani, turli g‘oyaviy ta’sirlarga nisbatan hushyorlik va mustahkam bilim zarurligi haqida hayotiy misollar asosida batafsil tushunchalar berdi.

Muloqot davomida asosiy e’tibor quyidagi yo‘nalishlarga qaratildi:

— yoshlarning diniy va dunyoviy bilimlarini chuqurlashtirish;

— axborot xurujlari va noto‘g‘ri ma’lumotlarga qarshi tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;

— vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish hamda milliy qadriyatlarga sadoqatni mustahkamlash.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv mazmunini yanada boyitdilar. Mutaxassislar tomonidan berilgan tavsiyalar yoshlar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qildi.

Yakunda “Ziyo tarqalgan joyda zulmatga o‘rin qolmaydi” degan g‘oya yana bir bor ta’kidlanib, ma’rifat va bilim jamiyat taraqqiyotining eng muhim poydevori ekani qayd etildi.