Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 506
  • Ko`rib chiqilganlar 473
    • Takliflar 61
    • Arizalar 395
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETIGA NUFUZLI MEHMON TASHRIFI

16:04, 13.04.2026      

Farg‘ona davlat universitetiga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Ismoilova Jannat Xamidovna tashrif buyurdi. Ushbu tashrif oliygohda ilmiy-ma’rifiy muhitni yanada boyitish, talaba-yoshlarning tarix faniga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tashrif doirasida mehmon Tarix fakultetida bo‘lib, bu yerda tashkil etilgan Hamid Ziyoyev nomidagi xonada talabalar bilan samimiy va mazmunli uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida Jannat Xamidovna o‘zining ilmiy faoliyati, tarix fanining dolzarb yo‘nalishlari hamda muzeylar faoliyatining jamiyat hayotidagi o‘rni haqida qiziqarli fikrlar bildirdi.

Shuningdek, u yoshlarni tarixiy merosni chuqur o‘rganishga, milliy qadriyatlarni asrab-avaylashga va ilmiy izlanishlarga faol jalb etishga chaqirdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassisdan atroflicha javoblar oldilar.

Mazkur uchrashuv talaba-yoshlar uchun katta motivatsiya manbai bo‘lib, ularning tarix faniga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.