Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 507
  • Ko`rib chiqilganlar 473
    • Takliflar 61
    • Arizalar 396
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“ZAKOVAT” REKTOR KUBOGI

16:19, 17.04.2026      

Fargʻona davlat universitetida Yoshlar kuni munosabati bilan “Zakovat intellektual o‘yini” bo‘yicha “Rektor kubogi” turniri yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu nufuzli musobaqa yoshlarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish, ularni intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish hamda bilimdon yoshlarni saralashga xizmat qildi.

Turnir bir necha bosqichda tashkil etilib, unda minglab yoshlar o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi:

  • Fakultet bosqichida 2102 nafar talaba ishtirok etdi;
  • Universitet bosqichiga esa eng kuchli 34 ta jamoa (204 nafar talaba) yo‘l oldi.

Bu ko‘rsatkichlar universitetda intellektual o‘yinlarga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganini yaqqol namoyon etdi.

Turnir davomida ishtirokchilar tarix, adabiyot, fan-texnika, mantiqiy savollar hamda zamonaviy bilimlarni qamrab olgan murakkab savollarga javob berishdi. Har bir bosqich keskin bahslar, tezkor fikrlash va jamoaviy hamkorlik muhitida o‘tdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra eng bilimdon jamoalar quyidagicha e’tirof etildi:

1-o‘rin – Tarix fakulteti jamoasi
2-o‘rin – Chet tillari fakulteti jamoasi
3-o‘rin – Tabiiy fanlar fakulteti jamoasi

G‘oliblar “Rektor kubogi” doirasida munosib taqdirlanib, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Mazkur turnir yoshlarning bilimga chanqoqligini oshirish, ularni erkin fikrlashga undash va intellektual muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

“Zakovat” o‘yinlari orqali nafaqat bilimlar sinovdan o‘tkaziladi, balki yoshlar orasida do‘stlik, jamoaviylik va sog‘lom raqobat muhiti ham mustahkamlanadi.